Социальные сети

Состоялась церемония открытия проекта «LINC 3.0 Global Capstone Design» в сотрудничестве Ташкентского химико-технологического института и Национального университета Андон Республики Корея.

2024-yilning 24-iyun kunida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti prorektor Z.A.Babaxanova, kafedra mudiri A.SH.Xusenov hamda Andong Milliy Universiteti prof. Ji-Heum Lee, prof. Hyoung Woo Choi ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Koreya Respublikasi Andong Milliy universitetining 50 dan ziyod professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya instituti, TDShU va O‘zbekiston Milliy universitetidan jami 60 nafar vakil ishtirok etdi.

Loyiha 2 bosqichda – O‘zbekistonda va Koreya Respublikasida amalga oshirilishi reja qilingan. Birinchi bosqichdagi uchrashuvda tashabbus doirasida rejalashtirilgan dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 24 iyundan boshlab ikki mamlakat professor-o‘qituvchilari, talabalaridan tarkib topgan 80 kishilik jamoa avvaliga bir hafta mobaynida Toshkentda, keyingi haftadan esa Koreyada o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadilar.