2024-yilning 6-iyul kunida Koreya Respublikasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan "Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi" kafedra mudiri professor A.Sh.Xusenov hamda Andong Milliy Universiteti professor Ji-Heum LEYe, professor Hyoung Woo Choi ham qatnashishdi.
Koreya Respublikasi Andong Milliy universitetining va Toshkent kimyo-texnologiya institutining jami 20 ta talabalari 4 guruhga bo‘linib, loyihada ko‘rsatilgan vazifalarni a’lo darajada bajarib yakuniga yetkazishdi. Unda 1-hafta davomida bajargan o‘zbek va koreys talabalari “Biopolimer”, “Antibakterial sellyuloza” mahsulotlarini ishlab chiqarishda haroratni avtomatik boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bajargan ilmiy tadqiqot ishlarini taqdimotlar qilib hisobotlar topshirishdi. Eng yaxshi natijaga erishgan guruh talabalarini Andong Milliy Universiteti rektori tomonidan Sertifikatlar bilan taqdirlandi va Toshkentga qaytishdi.
Eslatib o‘tamiz: Koreyaning “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining 1 bosqichi – O‘zbekistonda Toshkent kimyo-texnologiya institutida bajarilgan, 2 bosqichi – Koreya Respublikasining Andong Milliy universitetida bajarilib yakuniga yetkazildi.