1111111111111111 | ||
---|---|---|
Imtiyoz haqida |
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, taʼlim kontrakti to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa bo‘ladi. Imtiyozlarning mazmuni shundaki, fuqarolarning OTMlarda taʼlim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Imtiyozdan foydalanishi mumkin: 1. 26 yoshga to‘lmagan farzandlari shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar; 2. 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtoqlari shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar; 3. Yoshidan qatʼi nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar. Ushbu imtiyoz yaqin qarindoshlar, yaʼni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini to‘lashga qo‘llanilmaydi. Soliq imtiyozi quyidagi manbalar hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi: 1. O‘z mablag‘lari; 2. Jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari; 3. Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar). Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar: Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/ru/docs/4674902#4687278 Sayt: https://soliq.uz/?lang=uz Tel.: 71 202-32-82, 1198 |
|
Mas’ul tashkilot | Moliya vazirligi / Davlat soliq qo‘mitasi | |
Kimlar uchun ? |
1. Oliy o‘quv yurti talabasi (yosh cheklanmagan) 2. 26 yoshga to‘lmagan talabaning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i |
|
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari |
Imtiyoz fuqaroning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasini soliq organlariga topshirgan holda yoki soliq to‘lovchining to‘lov manbaiga (misol, ish joyi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin. Agar soliq imtiyozi ish joyidan qo‘llanilsa, fuqaro quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi: 1. Talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi; 2. Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (agar taʼlim krediti olgan bo‘lsa); 3. Taʼlim oluvchining pasporti yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi. Bu holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt to‘lash uchun ajratilgan mabg‘lani maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga tushuradi. Bunda, daromadlarning 50 foizidan ko‘prog‘ini ushlab qolinishi man etiladi. Agar imtiyoz shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asosida qo‘llanilsa, quyidagilarni turar joyidagi soliq organlariga taqdim etadi: 1. Talaba (talabalar) bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 2. Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar taʼlim krediti olgan bo‘lsa); 3. Oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga (taʼlim kreditini qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; 4. Pasport nusxasi (soliq imtiyozi taʼlim oluvchining o‘zi tomonidan qo‘llanilganda); 5. Pasport nusxasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qo‘llanilganda) va taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi; 6. Pasport nusxasi (soliq imtiyozi turmush o‘rtog‘i tomonidan qo‘llanilganda) va taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi. Jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida, ro‘yxatdan o‘tgan pochta orqali yoki soliq idorasiga shaxsan tashrif buyurib topshirilishi mumkin. Soliq chegirmasini olish bo‘yicha ariza bir oy ichida ko‘rib chiqiladi. |
|
Huquqiy asos |
Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandi https://lex.uz/ru/docs/4674902#4687278 |
|
Aloqa ma’lumotlari |
Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandi https://lex.uz/ru/docs/4674902#4687278 |