Talabalar uchun ijara to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiya

Imtiyoz haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 y. "Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlada nadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 605-sonli Qarorida talabalar uchun ijara toʻlovlari boʻyicha kompensatsiya qilish asoslari oʻrnatilgan.

Unga koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi.

Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar:

Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/docs/5657191

Sayt: https://www.mf.uz/ ;  

Tel: (998 71) 203-00-50

Mas’ul tashkilot Moliya vazirligi
Kimlar uchun ?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan ijarada yashaydigan talabalar

Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari

Imtiyozli toifaga mansub talabalar ijara to‘lovlari bo‘yicha kompensatsiya ajratish yuzasidan o‘zi tahsil olayotgan Oliy ta’lim muassasasi yoki tuman va shag‘ar hokimligiga murojaat qilish lozim.

Murojaatga talabning yotoqxona bilan qamrab olinmaganligi va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashayotganligining hujjatli tasdig‘i ilova qilnadi.

Bunda, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Imtiyozni qo‘llash bo‘yicha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Xususan, arizalar o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish (tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda) esa, bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi.

Huquqiy asos

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 y. 605-son "Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

https://lex.uz/docs/5657191

Aloqa ma’lumotlari

Sayt: https://www.mf.uz/   

Тел: (998 71) 203-00-50