1111111111111111 | ||
---|---|---|
Imtiyoz haqida |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning eamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5020-son qarori bilan muhtoj qizlar, shuningdek boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarga taʼlim olishda qo‘shimcha kafolatlar belgilangan. Xususan, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ва Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan. Bunda, o‘qish uchun to‘lovi 100 nafardan xotin-qizlar uchun mahalliy hokimliklar tomonidan, 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar: Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/docs/5320582 Sayt: https://edu.uz/uz Tel: 1006 |
|
Mas’ul tashkilot | Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi / Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Kimlar uchun ? |
Muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar |
|
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari |
Imtiyozli toifaga mansub (ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar) xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi va bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi lozim. Keyinchalik o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar to‘lov-kontrakt mablag‘larini qoplab berish yuzasidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yoxud davlat oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilish mumkin. Imtiyozni qo‘llash bo‘yicha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Xususan, arizalar o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish (tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda) esa, bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi. Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun nomzodlarning yoshi chegaralanmagan. |
|
Huquqiy asos |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning eamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5020-son qarori |
|
Aloqa ma’lumotlari |
Sayt: https://edu.uz/uz Tel: 1006 |