1111111111111111 | ||
---|---|---|
Imtiyoz haqida |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6208-son Farmoniga muvofiq «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar uchun xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya berish tartibi joriy qilingan. Unga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilinadi.
Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar: Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/docs/5382151 Sayt: https://yoshlar.gov.uz Tel: 1093 |
|
Mas’ul tashkilot | Yoshlar ishlari agentligi | |
Kimlar uchun ? |
Imtiyoz «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga nisbatan tatbiq etiladi |
|
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari |
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50% (BHMning 5 baravarigacha) miqdori hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining tegishli hududiy bo‘limiga murojaat kiritadi. Murojaatga talabgorning o‘qish va imtihonlarni topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Kompensatsiya to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi. Imtiyozni qo‘llash bo‘yicha murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Xususan, arizalar o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish (tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda) esa, bir oygacha muddatda ko‘rib chiqiladi. |
|
Huquqiy asos |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6208-son Farmoni |
|
Aloqa ma’lumotlari |
Сайт: https://yoshlar.gov.uz Тел: 1093 |