1111111111111111 | ||
---|---|---|
Imtiyoz haqida |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenitining 2019 yil 26 fevraldagi» Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4212-son qarori bilan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilangan. Chununochi, terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalaribakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar. Halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlimdan tashqari) va o‘rta maxsus taʼlim muassasalariga qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va kasbiy tanlov natijalari, shuningdek ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga: davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish uchun 3% kvota; harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun kursantlar (o‘quvchilar)ni qabul qilishning umumiy sonidan 5% kvota ajratiladi.
Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar: Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/docs/4293770 Sayt: https://iiv.uz/ Tel: 1102. |
|
Mas’ul tashkilot | Ichki ishlar vazirligi | |
Kimlar uchun ? |
|
|
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari |
Bunda, xodimlarning farzandlarini ajratilgan 3% kvotadoirasida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish Ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida 30% to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi. Xodimlarning farzandlarini ajratilgan 5% kvotadoirasida harbiy taʼlim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy tanlov natijalari, shuningdek Ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida amalga oshiriladi. Tavsiyanoma bir oliy taʼlim muassasasi yoki harbiy taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Xodimlarning farzandlarida ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tavsiyanoma bilan bir qatorda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi bo‘yicha harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasi ham mavjud bo‘lsa, ularni tanlov asosida qabul qilish qo‘mondonlik tavsiyanomasida belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun nomzodlarning yoshi chegaralanmagan. |
|
Huquqiy asos |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenitining 2019-yil 26-fevraldagi» Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4212-son qarori |
|
Aloqa ma’lumotlari |
Sayt: https://iiv.uz/ Tel: 1102. |