O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, endilikda ta’lim grantlari “Ijtimoiy faollik indeksi” asosida ham taqdim etiladi!
“Ijtimoiy faollik indeksi” – bu nima? Bu indeks sizning oliy ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ma’rifiy, sport, ijtimoiy va jamoatchilikdagi ishtirokingiz asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Baholash qanday amalga oshiriladi?
Har bir talaba quyidagi aniq mezonlar asosida baholanadi:
Kitobxonlik madaniyati – tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qib, test topshirish orqali (20 ballgacha)
5 muhim tashabbus bo‘yicha to‘garaklardagi ishtirok – faol qatnashish yoki to‘garak tashkil etish (20 ballgacha)
Akademik o‘zlashtirish (GPA) – avtomatik baholash (10 ballgacha)
Ichki tartib va odob-axloq kodeksiga rioya – tyutor xulosasi asosida (5 ballgacha)
Tanlovlar, olimpiadalar, sport musobaqalari natijalari – sertifikat yoki diplom asosida (10 ballgacha)
Darslarga to‘liq va o‘z vaqtida kelish – davomat orqali (5 ballgacha)
“Ma’rifat darslari”dagi ishtirok va faollik – maxsus xodimlar bahosi asosida (10 ballgacha)
Volontyorlik va jamoat ishlari – tyutor yoki dekan o‘rinbosari bahosi bilan (5 ballgacha)
Muzey, teatr, tarixiy qadamjolarga tashriflar – fotosurat, geolokatsiya bilan tasdiqlanadi (5 ballgacha)
Sport bilan shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzi – sport klublariga a’zolik va gigiena madaniyati (5 ballgacha)
Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi tashabbus (5 ballgacha)
E’TIBOR BERING:
– GPA ko'rsatkichi 3.5 yuqori bo'lishi shart.
– Baholash 25-iyulgacha yakunlanadi.
– Intizomiy jazoga tortilgan talabalar indeksidan 15 ballgacha yo‘qotishlari mumkin.
Grant olishda endi faqat baho emas — faollik ham muhim!
Faol bo‘ling, hujjatlaringizni o‘z vaqtida topshiring va grant imkoniyatlarini boy bermang!
“Ijtimoiy faollik indeksi” baholash mexanizmi doirasidagi asarlar ro‘yxatini bilasizmi
Joriy yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni joriy etish to‘g‘risida”gi
186-son buyrug‘i imzolangan.
Ushbu “Ijtimoiy faollik indeksi”ning birinchi mezoni - “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha talabalar 100 ta test savollaridan maksimal 20 ballik tizimda baholanishi belgilangan.
1. “Avlodlar dovoni” (Pirimqul Qodirov).
2.“Dunyoning ishlari” (Oʻtkir Hoshimov).
3.“Jimjitlik” (Said Ahmad).
4.“Kecha va kunduz” (Abdulhamid Choʻlpon)
5.“Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy).
6.“Ufq” (Said Ahmad).
7.“Otamdan qolgan dalalar” (Togʻay Murod).
8.“Urush odamlari” (Nazar Eshonqul).
9.“Shum bola” (Gʻafur Gʻulom).
10.“Kichik shahzoda” (Antuan de Sent Ekzyuperi).
11.“Jamila” (Chingiz Aytmatov).
12.“Graf Monte Kristo” (Aleksandr Dyuma).