Ijtimoiy tarmoqlar

2023/2024 o‘quv yili BITIRUVCHILARI diqqatiga!!!

Joriy yilning 7-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida O'zbekistondagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo'lgan, "O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Dexqonobod kaliy zavodi» AJ ishlab chiqarish korxonasidan ma'sul xodimlar tashrif buyuradi.

Tashrifdan maqsad institutning 2023/2024 o‘quv yilida o‘qishini tamomlayotgan bitiruvchilarini korxonaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga qabul qilish bo‘yicha tanlov imtihonlarini o‘tkazishini e’lon qilishdir.

Bunda kompaniya quyidagi yo'nalishlarda bitiruvchi talabalar bilan imtihon olib borishadi:

- Kimyoviy texnologiya (Ishlab chiqarish turlari bo’yich).

- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni va boshqarish;

- Texnologik mashina va jixozlar 

Bitiruvchi talabalar uchun suhbat 2024-yil 7-iyun kuni soat 14:00da Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti binosida boshlanadi.

Korxona faoliyati bo'yicha ma'lumotlarni uzkimyosanoat.uz sayti orqali bilishingiz mumkin.

USHBU KOMPANIYADA ISHLASH ISTAGINGIZ BORMI, UNDA MARHAMAT!

Tanlov bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar: +998712447923 raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali bilishingiz mumkin yoki Marketing, amaliyoti va professional ta’lim bo’limga murojaat qilishingiz mumkun.