Diqqat! Kelajakka qadam tashlashga tayyormisiz?
Diplom olishdan keyin nima qilasiz?
Ish izlaysizmi? O'qishni davom ettirasizmi? Yoki... o'z biznesingizni boshlashni rejalashtiryapsizmi?
Agar tadbirkorlikka qiziqishlaringiz bo'lsa, "Kelajakka qadam" markazi sizga imkoniyatlar eshigini ochadi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qaroriga muvofiq tashkil etilgan markaz bitiruvchilarga:
Kasbiy rivojlanish va amaliy tajriba orttirish;
Ish topishda ko‘maklashish;
ENG ASOSIYSI: Tadbirkorlikni boshlashda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim etadi!
Agar sizda tadbirkorlik g'oyalari bo'lsa yoki startap boshlashni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, aynan sizni qidiryapmiz!
Bizning so'rovnomamizda ishtirok eting va quyidagilarni qo‘lga kiriting:
Tadbirkorlik treninglari va master-klasslar;
Startaplar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
Tajribali tadbirkorlar bilan tarmoq yaratish;
O‘z biznesingizni boshlashda ko‘mak!
So'rovnomani to'ldirish uchun havola: havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSczkx1iXJzLYQs43TlHCsQqDh5C9wQv4VpuN2w8p5BXgXGz4g/viewform?usp=header)
Savollar va murojaatlar uchun "Karyera markaziga" murojaat qilishingiz so‘raladi.
Diplomdan keyingi hayotingizni bugun rejalashtiring!