Ijtimoiy tarmoqlar

Diqqat, musobaqa!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi bilan birgalikda talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasiga start berilmoqda.

Kimlar uchun:

talabalar;

professor-oʻqituvchilar;

universitet xodimlari;

maktab oʻquvchilari;

koʻngillilar.

Musobaqa 24-sentyabr kuni 7:00da Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” hududida start oladi.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.