O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga asoslanib, ekologik muammolarni hal qilish va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Eko-innovation – 2025” dasturi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tomonidan “EKO-Start Up” tanlovi tashkil etilmoqda.
Ushbu tanlov ekologik muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish, yosh olimlar va talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishni ko‘zlaydi.
Tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga hissa qo‘shadigan yangi texnologik yechimlar va innovatsion loyihalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tanlov kimyo, texnologiya va muhandislik sohasidagi dolzarb masalalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini amalda sinash imkoniyatini beradi.
Tanlov Shartlari
Ishtirokchilar: TKTI bakalavr va magistratura talabalari, yosh olimlar, va start-up jamoalari.
Loyiha yo‘nalishlari: Ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion loyihalar, jumladan:
Chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologiyalari;
Toza energiya va energiya tejovchi yechimlar;
Suv resurslarini boshqarish va tozalash tizimlari;
Kimyoviy va biologik jarayonlarga asoslangan barqaror texnologiyalar.
Loyihalar taqdimoti: Loyihalar ilmiy asoslangan, amaliy va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi lozim.
Tanlovning o‘tkazilish tartibi
Loyihalar qabul qilish muddati: 2025-yil 18-sentabr, soat 00:00 gacha.
Loyihalar taqdimoti: 2025-yil 19-sentabr, soat 14:00 da Toshkent kimyo-texnologiya institutining Xalqaro bo‘lim zalida.
Hakamlar hay’ati: Mutaxassislar va soha vakillaridan iborat komissiya tomonidan loyihalar baholanadi. (Innovatsionlik, amaliy ahamiyat, ekologik ta’sir va iqtisodiy samaradorlikga ega loyihalar bo'lishi talab qilinadi.)
Loyihalarni topshirish va tanlov qoidalari haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qiling: N.N.Xodjayeva (@nnigmanovna), J.I.Xolov (@KholovJavlonboy)