Ijtimoiy tarmoqlar

“Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” tanlovlari start oldi!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har yili oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ekologik tanlovlar o‘tkaziladi!

 Maqsad:

Talabalarda ekologik bilim, madaniyat va volontyorlik faolligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Nominatsiyalar:

· Ekologiya bilimdoni

· Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi

· Eng faol ekovolontyor

· Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi

Bosqichlar:

· Fakultet bosqichi: noyabr oyining birinchi o‘n kunligi

· Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi: noyabr oyining uchinchi o‘n kunligi

G‘oliblar:

Fakultet va universitet bosqichlarida 1, 2, 3-o‘rin egalari qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Kutilayotgan natija:

Yoshlar orasida ekologik ongni oshirish, innovatsion ekotashabbuslarni rag‘batlantirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish.