#Qabul2025 #Kasbiy_ijodiy_imtihon
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun Dizayn: sanoat dizayni ta'lim yo'nalishi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:
10-iyul kunlari
soat 10:00
Imtihon institut Bosh binosi (A.N.-32, 2-qavat, faollar zali) hududida bo‘lib o‘tadi.
Faqat mos (kasbiy/ijodiy) yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar ushbu imtihonda ishtirok etadi.
Abituriyentlardan imtihon kuni kechikmasdan, o‘z vaqtida yetib kelish, hamda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), ro‘yxatdan o‘tganlik varaqasi (talon) va kerakli yozuv anjomlarini olib kelishlari so‘raladi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha murojaat uchun: (71) 244-79-34
Imtihonlar institut tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Baholash mezoni: Batafsil (https://drive.google.com/file/d/1d1Jw3Vjoc92OmSbiN8c3UQKfQ86auaZa/view?usp=drive_link)
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz.