Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2024-2025 o‘quv yilidan bakalavr va magistraturani kunduzgi ta'lim shaklining 1-kursiga qabul qilingan talabalar uchun 2025-2026 o‘quv yilidan talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etish uchun TKTI rasmiy veb sayt orqali arizalarni topshirish imkoniyati yaratildi.
Platformaga https://grant.tkti.uz/ havolasi orqali o‘tishingiz mumkin.
Ushbu platformada GPA ko‘rsatkichi 3.50 va undan yuqori bo‘lgan talabalar ariza berib tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Arizalarni 2025-yil 20-iyul 23:59 gacha topshirish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultetni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga, registrator ofisiga yoki tyutorlaringizga murojaat qiling.
Platformaga kirishda talaba login qismiga HEMIS tizimiga kirishdagi ID raqamini, parol qismiga pasport seriyasi va raqamini (misol: AD1234567) terish orqali kiradi.