Ijtimoiy tarmoqlar

E’LON | Diplom va ilovalarni topshirish tartibi aniqlandi.

2024/2025-o‘quv yilida Toshkent kimyo-texnologiya institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun diplom va uning ilovasini topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

• Kimyoviy injiniring fakulteti bitiruvchilari 22-23 iyul kunlari

• Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti bitiruvchilari 24-25 iyul kunlari

• Neft va gaz texnologiyalari fakulteti bitiruvchilari 26-28 iyul kunlari

• Oziq-ovqat va vinochilik fakulteti bitiruvchilari 29-30-31 iyul kunlari

• Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘limi bitiruvchilari alohida xabardor qilinadi

Diplomlar har kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha topshiriladi.

Joylashuv: “Talabalar bilan ishlash” bo‘limi, A.N. - 32 binosi, 3-qavat, 303-xona.

Ish vaqti: Dushanbadan shanbagacha, tushlik 13:00–14:00.

Diplom olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi talab etiladi.

Har bir talaba belgilangan kunlarda murojaat qilishi lozim. Boshqa kunlarda kelganlar 1-avgustdan keyin diplomni olishlari mumkin.

Ushbu e’lon Magistratura hamda bakalavr kunduzgi va sirtqi ta’lim yo’nalish bitiruvchilari uchun hisoblanadi va ular yuqorida aytilgan fakultet kesimida kelib diplom hamda diplom ilovasini olib ketishlari mumkin.