O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga va barcha oliy ta'lim muassasalarida sentyabr oyini “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e'lon qilinganligiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eko-Innovation – 2025” ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
Sana: 2025-yil 19-sentabr
Vaqt: 14:00
Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 32-uy, Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Mazkur ko‘rgazmada talaba-yoshlar, tadqiqotchilar va innovatorlar o‘z ilmiy-innovatsion ishlanmalari hamda loyihalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazma yakunida ro'yxatdan o'tgan eng faol ishtirokchilar “ECO-STARTUP” tanlovida qatnashish uchun taklif etiladi.
Barcha talaba-yoshlarni va tadqiqotchilarni o‘z ijodiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari hamda loyihalari bilan ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz!