Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri Korxona rahbarlari forumi va mahsulotlar(brend) yarmarkasi tashkil etiladi

 2025-yilning 26-fevral sanasida «Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri Korxona rahbarlari forumi bo'lib o'tadi. Ushbu forumda 20dan ortiq kompaniya va korxonalarning vakillari ishtirok etib Ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik masalalari muhokamasi, professor-o‘qituvchilari stajirovkalari va talabalar amaliyotlarini tashkil etish masalalari, Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokamasi, professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari innovasion ishlanmalarini tijoratlashtirishda hamkorlik, xo‘jalik shartnomalari tuzish hamda yangi hamkorlik shartnomalari va memorandum imzolash ko'zda tutilmoqda.

«Tarmoq-korxona-oliygoh» zanjiri korxona rahbarlari forumini o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20-oktyabrdagi 841-sonli «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-son «O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2024 yil 20 iyundagi videoselektr yig‘ilishining 32-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, Respublikamizda 2025 yil – 2025 yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ga bag‘ishlangan tadbirlarni keng nishonlash, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalarni rivojlantirish hamda kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasidagi tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir.

Forumga 26-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida soat 10:00da start beriladi.