Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yil 21-iyuldagi 5-qq–son, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-iyuldagi 40-q/q–son qarori bilan “Qoʻshimcha davlat grantlari taqdim etiladigan fuqarolar toifasini belgilash toʻgʻrisida” qarori bilan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar aʼzolariga qoʻllaniladigan imtiyozlar toifalari belgilandi.
Yuqoridagilarga asosan grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini institutning grant.tkti.uz sayti orqali taqdim etishi mumkin.
Talabalar ariza berishda 3 xil grantlardan biriga davogarlik qilishlari mumkin:
To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,50 dan baland);
Qo‘shimcha davlat granti (faqat Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
OTM granti (faqat Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 3,3 dan 4 gacha).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.