2025-yil 2-oktabr kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida ish beruvchi tashkilotlar, korxonalar va yetakchi kompaniyalar hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” axborot-tanishuv tadbiri o‘tkaziladi.
Mazkur tadbir bitiruvchilarni mehnat bozori vakillari bilan tanishtirish, kelajakdagi ish imkoniyatlari haqida ma’lumot berish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Manzil: Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
Sana: 2025-yil 2-oktabr
Bitiruvchilarni mazkur tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!