Ushbu ''Qishki semestr''daqatnashish uchun talabalar ''Kontrakt.edu.uz'' saytidan ro'yxatdan o'tib ''Kredit modul'' bo'limidan qayta o‘qishlari kerak bo'lgan fanlari uchun shartnoma olishlari hamda shartnomada ko'rsatilgan fanlarning kreditlari miqdoriga mos ravishda to‘lovni amalaga oshirishlari kerak bo'ladi.
Kimda kim "Qishki semestr"ida o‘qish istagini bildirsa 2024/2025-o‘quv yilining 23-dekabriga qadar Registrator ofisiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Qishki semestr akademik qarzdor talabalar uchun akademik qarzlarini topshirish maqsadida 2024-yilning 23-dekabridan 2025-yilning 18-yanvariga qadar pullik asosida tashkil etiladi. Bunda fan mashg’ulotlarini qayta o‘qish qishki ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan vaqtlarda (2024-yilning 23-dekabridan 2025-yilning 6-yanvariga qadar) Zoom platformasi orqali masofaviy shaklda, qishki ta’tildan boshqa vaqtlarda an’anaviy shaklda tashkil etiladi.
Qishki semestrda fanlarni qayta o'qish uchun akademik guruhlar shakllanganda darslar tashkil etiladi.
Qayta o‘qish uchun alohida dars jadvali tuziladi, fan uchun ajratilgan auditoriya soati to‘liq o‘tiladi va nazorat ishlari orqali talabalar baholab boriladi.
Ariza yuborishga yoki to‘lovlarni amalga oshirishga muddatidan kech qolganlar qishki semestrga qatnashish imkoniyatini yo'qotishi mumkin.
Barcha talabalar!!! O‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o‘qish masalasida Tyutorlaringizga, Dekanatingizga yoki Registrator ofisi (Xizmat ko'rsatish bo'limi)ga (71 244 79 34) murojaat qilishingiz mumkin.
Hozirgi vaqtga qadar "Qishki semestr"da fanlarni qayta o'qish bo'yicha quyidagi fanlardan akademik guruhlar shakllandi:
1. Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar
2. Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1
3. Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2
4. Falsafa
Ushbu fanlardan qarzdor talabalardan tezroq ro'yxatdan o'tishlari so'rab qolinadi.