Ijtimoiy tarmoqlar

Hurmatli magistratura mutaxassisliklari bo'yicha to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan xotin-qizlar!

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Buning uchun magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar to‘lov-kontraktining to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha (shu kuni ham) ariza bilan murojaat etadi.

Tatbiq etilmaydi: 

15-sentabrdan keyin kechiktirib topshirilgan arizalarga;

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;

qo‘shma taʼlim uchun.

Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.

To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida arizani qabul komissiyasiga yozib topshirishga ulgurmagan magistraturaga o'qishga qabul qilingan xotin-qizlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning arizalari institutning "Registrator ofisi"da ham qabul qilinishi belgilandi.