Ijtimoiy tarmoqlar

Hurmatli ta'lim grantiga talabgor talabalar!

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga ko‘ra Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya, Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Maxsus komissiyaning faoliyati natijalari (talabgorlarning aniqlangan ko‘rsatkichlari) joriy yilning 16-avgustida institutning https://grant.tkti.uz/ rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. 

Ta'lim grantiga talabgorlar har bir ko‘rsatkich bo'yicha natijalarini https://grant.tkti.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetlariga kirib tanishishlari mumkin.

Ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun har bir ko‘rsatkich natijalari bo'yicha institutning grant.tkti.uz rasmiy veb-sayti orqali apellyatsiya berish imkoniyati yaratilgan. Talabgorlardan 48 soat davomida (19-avgust soat 19:00ga qadar) http://grant.tkti.uz/ platformasi orqali apellyatsiya murojaatlari qabul qilinadi. Apellyatsiya arizalari uch kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

Talabgor talaba apellatsiya shikoyati berishi uchun ta'lim grantiga ariza bergan va arizasiga rad javobi berilmagan bo‘lishi lozim.