Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 1-10-iyun kunlari oralig‘ida Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasi tashkil etiladi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Nazariy topshiriqlar — 50 ta test, maksimal 50 ball;

Amaliy topshiriqlar — tegishli fan bo'yicha 1ta topshiriq, maksimal 50 ball.

Ishtirok etmoqchi bo'lgan talabgorlar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi: olimpiada.edu.uz 

Olimpiada nizomi

Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan g'oliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.