Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 12-13—oktabr kunlari O'zbekistonda vinochilik va sanoat uzumchiligi sohasining muammolari va ularning innovatsion yechimlari Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani bo'lib o'tadi.

Anjuman ilmiy yo'nalishlari.

1.Hozirgi zamon vinoshunosligining muammolari va ularning innovatsion yechimlari.

2. O'zbekistonda sanoat uzumchiligining rivojlantirish istiqbollari.

3.Bijg'ish mahsulotlari va qandli moddalar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari.

4. Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish sanoatining zamonaviy Mikrobiologiyasi va Biotexnologiyalari.


Anjuman materiallarining rasmiylashtirish talabalari

-Ilmiy tezislar to'liq 2 bet hajmda bo'lishi lozim.

-Matn Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida, 12pt o'lcham, 1 interval oralig'ida, to'rt tarafdan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Mavzuning nomi katta qalin harflar bilan o'rtaga yozilib, keyingi qatorda muallifning F.I.Sh.., ilmiy darajasi va unvoni, ish(yoki o'qish) joyi va lavozimi, telefon raqami ko'rsatiladi. Rasmlar jpg yoki bmp grafik muharririda bajarilishi zarur.

-Tezislarda bayon etilgan ma'lumotlarning ilmiy, nazariy va metodologik jihatdan asoslanganligi, ko'rsatilgan manbalarning to'g'riligiga mualliflar mas'uldir.

Taqrizchilar tomonidan eng yaxshi deb topilgan ilmiy maqolalarning to'liq matnlari Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatga kiritilgan "Central Asia Journal of Food Science and Technology" xalqaro ilmiy jurnalning maxsus sonida nashr qilinadi.

-Anjuman materiallari 2023-yilning 10-oktyabr sanasiga qadar anjuman tashkiliy qo'mitasiga wineconf2023@gmail.com manziliga yoki +998994941242 raqamiga Telegram tarmog'i orqali yuborilishi lozim. Anjuman ilmiy to'plami konferensiya o'tkazilgandan so'ng 10 kun ichida elektron chop etiladi.


Konferensiyada ishtirok etish - bepul amalga oshiriladi.

Anjumanning rasmiy tillari: o'zbek, rus va ingliz tillari.

Manzil: Pochta indeksi: 100011. O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A.Navoiy ko'chasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti.


Anjumanaterillarini qabul qilishga mas'ullar:

Abdullayeva B.A Zokirova M.R Xakimova S.Sh


+998994941242

+998998626668

+998996901579

wineconf2023@gmail.com

yiazizadhamov@gmail.com