Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 16-17 noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tadigan "Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materiallar ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari" mav

Konferensiya professor-o’qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari xodimlari, yosh olimlar, magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bag'ishlangan.

 

Anjumanda ma‘ruzalar quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1.Yangi noorganik moddalar va materiallarni sintez qilish va o'rganish

2.Kimyoviy texnologiyalar va atrof-muhit muhofazasi

3.Nanomateriallar kimyosi va texnologiyasi

4.Noorganik moddalar texnologiyasida katalizatorlar va adsorbentlar; qattiq jismlar kimyosi

5.Mineral, organomineral va bioo‘g‘itlar texnologiyasi

6.Sintetik yuvish vositalari texnologiyasi

7.“Noorganik moddalar texnologiyasi” ixtisosligi fanlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar

 

ASOSIY SANALAR

04.09.2023y.-tezislarni ro'yxatdan o'tkazish va topshirishning boshlanishi

01.11.2023y.-tezislarni ro'yxatdan o'tkazish va topshirishning tugashi

16.11.2023y.-konferensiya boshlanishi

 

Konferentsiyada ishtirok etish uchun tezislar topshirish tartib-qoidalari:

Tezislar o‘zbek,rus va ingliz tillaridan birida 2023 yilning 1-noyabri soat 17:00 ga qadar elektron shaklda yuborilishi lozim,               

Telegramm ssilkasi: @Abrorzoyirov1109.

Murojaat uchun tel:  (94)282 93 63, (99) 948 81 11

Ma’sul: Adiova Moxira Shavkatovna (materiallar qabul qilish vaqti 09:00 dan 20:00 gacha)

Yuborilgan tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda faqatgina saralangan tezislar mualliflariga xabar qilinadi. Кo‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan, konferentsiya mavzusi va yo‘nalishlariga mos kelmaydigan tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga mualliflarning shaxsan o’zlari javobgar. To‘plamga professor o’qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari xodimlari, yosh olimlar, magistrantlar tezislar topshirishlari mumkin.

   

Konferentsiyaga taqdim etiladigan tezislar uchun talablar:

  • 1 yoki 2 to’liq bet, matn formati: Microsoft Word 2007-2010 (* .dos, .docx);
  • Sahifa formati: A4(210x297 mm); sahifa chegaralari (yuqoridan, pastdan, chapdan, o’ngdan); 2,0 x 2,0 x 2,5 x 1,5 sm;
  • Shrift:Times New Roman, o’lcham (кегль)- 12; qator oralig’i 1,0 interval;
  • Tezis mavzusi: tezis birinchi sahifasining yuqoridan o‘rtasida bosh va qalin harflarda; 2-qatorda muallifning ismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi, ish joyi, shahar va xatboshidan tezis matni havola etiladi, abzats-1,25 sm.
  • Tezisning oxirida foydalanilgan manbaalar berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
  • Tezisni saqlashda sho‘ba raqami va muallif familiyasi (Masalan: 1. Kenjayev M docx)