Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 6-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatida O'zbekneftgaz Aj homiyligida "Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tadi.

Konferensiya tashkilotchilari

• O‘ZBEKNEFTGAZ AJ

• SHO‘RTAN GAZ-KIMYO MAJMUASI

• TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI (TKTI)

• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI

• O‘ZBEKISTON NEFT VA GAZ SANOATI ILMIY-MUHANDISLARI JAMIYATI

Ilmiy dastur

“Mahalliylashtirishda innovatsion yondashuvlar” xalqaro anjumani istiqbolli yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarning hozirgi holatini ko‘rib chiqishga imkon beradi:

• Geologiya-qidiruv ishlari va neft-gaz konlarini ishlatishdagi innovatsiyalar.

• Neft va gazni chuqur qayta ishlash bo‘yicha innovatsion tadqiqotlar.

• Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar.

• Yashil kimyo va energiya tejamkor texnologiyalar – neft-gaz sohasini barqaror rivojlantirishning

omillari.

Anjuman dasturida yetakchi mutaxassislarning yalpi majlis ma'ruzalari, sho'balar ma'ruzalari va devoriy ma'ruzalar. Konferensiya ishtirokchilarining taqdimotlari oflayn hamda onlayn rejimda taqdim etiladi. Anjuman ishtirokchilari o‘zlarining ishlarini namoyish etish va muhokama qilish, boshqa mamlakatlardagi rivojlangan ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash va o'zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Anjumanning ishchi tillari o‘zbek, rus va ingliz tillaridir.

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va materiallarni chop etish

Dastur va taklif qilingan ishtirokchilar to'plami konferensiya boshlangunga qadar chop etiladi. Anjuman to'plamiga xalqaro standart raqami (ISBN) beriladi.

Tezislarga qo’yiladigan talablar

1. Tezis mazmuni anjuman va sho’balar tematik yo’nalishlariga mos kelishi va ilmiy darajasi.

2. Tezis matn qismi A4 varaqlarida, Times New Roman shriftida, hajmi 14 pt., 1 intervalda. Chegaralari - o’ngdan tomonidan 1,5 sm., chap tomondan 3 sm. hamda tepa va pastki qismlari 2 sm. qoldirilgan holda.

3. Tezisning tavsiya miqdori 1-3 varaqda, jadvallar hamda chizmalar 1 ta ko’pi bilan 2 ta, foydalanilgan adabiyotlar ko’pi bilan 4 tadan oshmasligi kerak.

4. Tezis elektron ko’rinishda Word, chizma hamda rasmlar JPG formatlarida bo’lishi kerak.

5. Mualliflar haqida ma’lumot, ish joyi, lavozimi va aloqa telefon raqamlari ko’rsatilgan holda.

E’tibor bering: tezislar 2023 yil 30 sentyabrgacha http://oilgasforum.uz/ veb-sayti orqali qabul qilinadi.