Seshanba kuni, soat 10:00 da
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Kimyoviy injiniring” fakultetida
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Axborot-resurs markazi hamda “Gʻofur Gʻulom” nashriyoti hamkorligida talaba-yoshlar uchun kitob yarmarkasi va ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Tadbir davomida:
Turli janrdagi adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblar va o‘quv qo‘llanmalar namoyish etiladi;
Talabalar o‘zlari qiziqqan kitoblarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar;
•Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va talabalarda mutolaa ko‘nikmalarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu kitob yarmarkasi yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda badiiy adabiyot orqali tafakkurini kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Barcha kitobsevarlarni va institut talabalarini mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif etamiz!