Ijtimoiy tarmoqlar

Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025–2026 o‘quv yilidan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Suhbat sanasi: 2025-yil 12-sentabr

Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 32-uy

Mo‘ljal: O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri

Tartib:

Ro‘yxatga olish: 09:00

Suhbat (test): 10:00

O‘tkaziladigan joy: Toshkent kimyo-texnologiya instituti bosh binosi, Xalqaro aloqalar bo‘limi faollar zaliAbituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar:

Ish joyi bo‘ysunuvchi vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan tavsiyanoma

Ish joyidan to‘lov-kontrakt mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha kafolat xati

Mehnat daftarchasi tasdiqlangan nusxasi

O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (ilovasi bilan) yoki attestat

3,5 x 4,5 sm hajmdagi 8 dona fotosurat

Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi (3 ta)

Fuqarolik pasporti yoki ID karta asl nusxasi suhbat kuni shaxsan taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.