Ijtimoiy tarmoqlar

“KORRUPSIYA – KELAJAKKA TAHDID” insholar tanlovi

Hurmatli talabalar!  

Jamiyatda halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlash, yoshlarning korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” insholar tanlovi e’lon qilinadi.  

Tanlov shartlari:  

• Insho mavzusi: “Korrupsiya – kelajakka tahdid”  

• Hajmi: 2–3 sahifa (A4 formatda, Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval)  

• Asar talabaning shaxsiy fikri, ijodiy qarashi va hayotiy kuzatuvlari asosida yozilishi lozim.  

• Ishlar yozma shaklda topshiriladi.  

• Plagiat (ko‘chirma) holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.  

Tanlov nominatsiyalari:  

• Eng yaxshi insho  

• Eng chuqur tahliliy yondashuv  

• Eng yaxshi til va uslub madaniyati  

• Eng ta’sirchan ifoda uslubi  

Ishlarni topshirish muddati: 2025-yil 25-noyabr sanasigacha  

Manzil: Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti  

Toshkent shahar, Samarqand darvoza, 60-uy  

 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:  

Kenjayev Mirjalol – 94 282-93-63  

Boltiyeva Maftuna – +99850-998-24-54  

Telegram: @mirjalol9090  

G‘oliblar faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadilar.  

Keling, birgalikda halollik muhitini yaratish, korrupsiyasiz kelajak sari intilish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shaylik