Ijtimoiy tarmoqlar

Maktab bitiruvchilari uchun o'quv kurslari tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil  13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’im fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi   18-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida mavjud moddiy-texnik baza negizida 2025-yilning 1-martidan boshlab, o‘qish muddati 6 oydan 10 oygacha bo‘lgan tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Kimyo, Biologiya, Matematika, Fizika, Ingliz tili va Tarix fanlaridan tayyorlov kurslari ochish rejalashtirilgan.

Bunda:

-       tayyorlov kurslariga umumta’lim fanlaridan(Kimyo, Fizika, Biologiya, Matematika, Tarix, Ingliz tili) bilimini oshirishni istagan barcha yoshlar (yoshi chegaralanmagan holda) qabul qilinadi;

-       tayyorlov kurslari tinglovchilar (yoki uning ota-onasi) bilan tuzilgan to‘lovshartnoma asosida tashkil etiladi;

-       tayyorlov kurslarida nogironligi bo‘lgan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlarini o‘qitish bepul amalga oshiriladi;

-       to'lov-shartnoma miqdoriga dars beruvchi professor-o‘qituvchining soatbay ish haqi fondi (ijtimoiy soliq bilan birga), tayyorlov kursi o‘tkaziladigan auditoriyalarni texnik va moddiy ta‘minlash xizmatlari kiritilsin;

-       tayyorlov kursi tinglovchilarining binoga kirish-chiqish, hududda bo‘lishdagi tartiblar talabalar uchun belgilangan tartib-qoidalar asosida belgilanadi;.

-       chekka hududlar, viloyatlardan o‘qish istagida bo‘lganlar uchun masofaviy o‘qish tashkil etiladi;

 Bitta fan uchun bir oylik to‘lov 200000 (ikki yuz ming) so‘mni tashkil etadi (nogironligi bo‘lgan, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlarini o‘qitish bepul amalga oshiriladi).

Murojaat uchun: Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi 32. tel. +998 71 244 79 18