Ijtimoiy tarmoqlar

“Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari o‘rtasida “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi e’lon qilinadi!

Tanlovning maqsadi: talabalarda vatanparvarlik, ijodkorlik va ijtimoiy faollikni oshirish. Asosiy shartlar:

Videorolik davomiyligi — 3–4 daqiqa

Format — MPEG-4

Jamoa a’zolarining 60–70% videoda ishtirok etishi lozim

Videoda institut nomi yoki ishtirokchi haqida ma’lumot berish taqiqlanadi

Institut bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritganla diplom hamda Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Respublika bosqichi g‘oliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

7 1-o‘rin — 15 000 000 so‘m

2-o‘rin — 12 000 000 so‘m 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m

4–5-o‘rinlar ham pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

I-bosqich – Institut bosqichi

II-bosqich – Respublika bosqichi

1 nafardan 10 nafargacha ishtirokchidan iborat jamoalar o‘zlari tasvirga olgan videoroliklarni bizga yuborishlari so‘raladi. Roliklar tanlov nizomi asosida baholanadi va g‘oliblar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

E'tibor bering, Videorolikda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi lozim:

G‘oyaning dolzarbligi

Tanlov talablariga mosligi

Aks ettirilgan voqea-hodisani mazmun-mohiyati va ahamiyatining to‘liq ochib berilishi

Videolarni 14-oktabrga qadar ushbu profilga yuboring: @Buriyev_Murodjon