“Muhandislik oyi” doirasida Hakaton tanlovi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Muhandislik oyi” munosabati bilan Hakaton tanlovi tashkil etilmoqda! Ushbu tanlovda qatnashish uchun institut talabalaridan iborat 5 kishilik jamoalar shakllantirilishi talab etiladi.
Jamoalar uchun talablar:
Jamoa faqat Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavr va magistratura bosqichi talabalari orasidan shakllantirilishi lozim.
Jamoa a’zolari institutning turli fakultetlaridan bo‘lishlari mumkin.
Boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Jamoa sardorlari quyidagi ma’lumotlarni Word hujjati shaklida rasmiylashtirib, @nnigmanovna telegram manziliga 8-aprel soat 12:00 dan kechikmasdan yuborishlari shart.
Hujjat tarkibi:
- Jamoa nomi
- Jamoa sardori (F.I.Sh.)
- Jamoa a’zolari (to‘liq ism-shariflari)
- Jamoa a’zolari telefon raqamlari
- Jamoa a’zolarining guruh va fakultetlari
Hakaton tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz