B. Usmonovning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif dasturi
2025-yil 20–23 noyabr
Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi tarkibida B. Usmonovning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi belgilangan bo‘lib, tashrif davomida qator xalqaro hamkorlik uchrashuvlari va muzokaralar tashkil etiladi.
19-noyabr
- Toshkent–Pekin–Chonsin aviareysi bo‘yicha O‘zbekistondan jo‘nab ketish.
20–22 noyabr
1. “Xalqaro universitetlar uchrashuvi”da ishtirok etish
- Tadbirda ro‘yxatdan o‘tish, konferensiya materiallari bilan tanishish va tashrif buyurgan delegatsiyalar bilan muloqot o‘rnatish.
- Xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish, istiqboldagi qo‘shma loyihalar uchun potensial xorijiy hamkorlarni aniqlash.
- O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga batafsil ma’lumot berish.
- Jahon tajribasi, ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha konferensiya sessiyalarida ishtirok etish.
2. Chongqing Pochta va telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif
- Universitetning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan tanishish.
- Muhandislik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borish.
23–24 noyabr
Sian Neft universiteti bilan hamkorlik tadbirlari
- Amaldagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida qo‘shma laboratoriya ochilish marosimida ishtirok etish.
- Hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tegishli hujjatlarni imzolash.
Toshkentga qaytish
- Sian–Urumchi–Toshkent aviareysi orqali mamlakatga qaytish.