Ijtimoiy tarmoqlar

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevichning xalqimizga, institutimiz jamoasiga, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlarga yo'llagan bayram tabrigi.

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, muhtarama ustozlar, qadrli talabalar!

Sizlarni, xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yaratganning har bir ne’mati o‘zining qadr-u qimmatiga ega. Vatan ozodligi, Mustaqillik ne’matining qiymatini hech bir narsa bilan qiyos etib bo‘lmaydi.

Mana shu mustaqil yurtning farzandi sifatida bizning eng ulug‘ vazifamiz, Vatan ozodligi, Mustaqillikni asrashdir.

O‘z bilimi va mustaqil qarashlariga ega har bir vatandoshimiz bugun haqli ravishda o‘z taqdirini mamlakat istiqboli bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur etishi kerak. Bu esa ona Vatanimiz O‘zbekistonning istiqlol quyoshi abadiy porlab, dunyoga charog‘on nur sochib turishiga zamin yaratadi!!!

Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi O‘zbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e’tirofidir.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor bo‘lsin!

Goʻzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!