Ijtimoiy tarmoqlar

QOZOG‘ISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TO‘LIQ GRANT ASOSIDA TA’LIM OLISH IMKONIYATI!

QOZOG‘ISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TO‘LIQ GRANT ASOSIDA TA’LIM OLISH IMKONIYATI!

Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim”ga asosan, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 20 ta grant o‘rni ajratiladi.

Ajratilgan grant o‘rinlari:

▪️ 14 ta o‘rin — bakalavriat bosqichi uchun

▪️ 6 ta o‘rin — magistratura bosqichi uchun

Grantlar doirasida o‘qish to‘liq bepul bo‘ladi. Biroq transport va yashash xarajatlari talabaning shaxsiy mablag‘i hisobidan qoplanadi.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot ilova shaklida taqdim etilgan.

Muhim eslatmalar:

Grantlar haqidagi ilovadagi ma’lumotlar 2025-yil 10-iyunga qadar barcha talaba va tegishli litsey o‘quvchilari o‘rtasida keng tarqatilishi lozim.

Hujjatlarni qabul qilish va tavsiyalar berish xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari 2025-yil 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oliygoh rasmiy xati bilan elektron tarzda yuborilishi so‘raladi.

Grantga qiziqqan bakalavriat bitiruvchilari 18-iyun, soat 15:00 ga qadar Xalqaro bo‘lim (S. Saidaxamadov) bilan bog‘lanishlari zarur!