Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
Pedagog xodimlar uchun:
Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra Eng yaxshi tyutor
Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
Talabalar uchun:
Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi
Birinchi bosqich (Oliy ta’lim muassasasi bosqichi) – arizalarni qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan arizalar qabul qilinadi va ular 2 ta shart bo‘yicha saralanadi:
Nomzodlarning nominatsiya bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining samaradorligi va natijadorligi (hujjatlar asosida)
Nomzodlarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy va huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyati taqdimoti (5–7 daqiqa davomida proyektor orqali) hamda sohaga doir savol-javob shaklida suhbat
Arizalarni topshirish muddati:
15-oktabrgacha Ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamentiga
Mukofotlar:
Birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan nomzodlar Diplom va Respublika bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda rag‘batlantiriladi:
Pedagog xodimlar o‘rtasida:
1-o‘rin – BHMning 45 barobari
2-o‘rin – BHMning 40 barobari
3-o‘rin – BHMning 35 barobari
Talabalar o‘rtasida:
1-o‘rin – BHMning 20 barobari
2-o‘rin – BHMning 15 barobari
3-o‘rin – BHMning 10 barobari