Ijtimoiy tarmoqlar

TKTI REGISTRATOR OFISI — TALABALAR UCHUN YANGI AVLOD XIZMATLARI

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “Registrator ofis” faoliyat yuritib, talabalarga o‘quv jarayoniga oid barcha hujjatlarni yagona markaz orqali tez va qulay tarzda rasmiylashtirish imkonini bermoqda.

Hozirda ofis orqali 100+ turdagi xizmatlar taqdim etiladi.

 Asosiy xizmatlar

O‘quv jarayoniga oid hujjatlar:

Akademik ma’lumotnomalar (Uz/Ru/En)

Talabalik guvohnomasi va dublikatlari

O‘qish joyidan ma’lumotnomalar

O‘quv rejalari va fanlar bo‘yicha ma’lumotlar

O‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va akademik ta’til arizalari

Moliyaviy xizmatlar:

To‘lov-kontrakt shartnomalarini shakllantirish

Kontrakt summasi bo‘yicha ma’lumotnomalar

To‘lovlar tushumi bo‘yicha tasdiqlar

Imtiyozlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish

Bitiruvchilar uchun:

Diplom ilovasi (transkript)

Diplom dublikatlari bo‘yicha arizalar

Bitiruv hujjatlarini elektron shaklda tayyorlashda yordam

HEMIS bilan to‘liq integratsiya

Talabalar HEMIS shaxsiy kabineti orqali:

Arizalarni elektron tarzda yuborish

Baholar, davomad va kreditlarni ko‘rish

Elektron kontraktni shakllantirish

QR-kodli ma’lumotnoma olish

Ariza holatini onlayn kuzatish

Diplom ilovasining elektron versiyasiga ega bo‘lish

Imkoniyatiga egalar.

Afzalliklar

“Bir darcha” tamoyili

5–15 daqiqada tayyor bo‘ladigan tezkor xizmatlar

Elektron navbat tizimi

Raqamlashtirilgan hujjat aylanishi

Shikoyat va murojaatlar bo‘yicha shaffof nazorat

Aloqa

Telegram bot:@TKTI_registrator_ofisibot

Call-markaz: +998 71 244 79 34

Manzil: TKTI bosh binosi, 1-qavat