Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yangi o'quv yiliga yil nomi berish uchun takliflar qabul qilinadi!

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida yangi o‘quv yiliga “Yil nomi” berish amaliyoti joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni qabul qilish e’lon qilinadi.

Takliflar quyidagi kriteriyalarga javob berishi lozim:

Institutning maqsad va qadriyatlariga mos bo‘lishi;

Yoshlar tarbiyasi, ilmiy izlanishlar va ta’lim-tarbiya jarayonini qo‘llab-quvvatlashi;

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘un bo‘lishi;

Qisqa, lo‘nda va esda qoladigan ibora bo‘lishi;

Innovatsion g‘oya va tashabbuslarni ifoda etishi.