Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti quyidagi lavozimlarga shartnoma asosida tanlov e'lon qiladi:

1. Neft va agzni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi: kafedra mudiri;

2. Asosiy organik sintez kafedrasi: kafedra mudiri;

3. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi: kafedra mudiri;

4. Kimyo kafedrasi: kafedra mudiri;

5. Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti kafedrasi: kafedra mudiri;

6. Tillar kafedrasi: kafedra mudiri;

7. Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi: kafedra mudiri;

8. Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi: kafedra mudiri;

9. Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasi: kafedra mudiri;

10. Sanoat ekologiyasi kafedrasi: kafedra mudiri;

11. Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasi: kafedra mudiri; 

Izoh: Yuqoridagi lavozimlarga tegishli nomzodlarda ariza, fotosuratli so'rovnoma, tarjimai hol, Oliy ma'lumot, ilmiy daraja, unvonlar haqidagi diplomlarning nusxalari, ilmiy ishlar ro'yxati, mehnat daftarchasidan ko'chirma, malaka oshirganligi haqida guvohnoma nusxasi talab qilinadi. Hujjatlar ushbu e'londa chop etilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.

Murojaat etuvchilar institut ning Inson resurslari bo'limiga kelib registratsiyadan o'tishlari so'raladi.

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 32-uy, institutning Inson resurslari bo'limi, Telefon: 71-244-79-31