Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 3-davra uchrashuvi tashkil etiladi.

2024-yilning 3-dekabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 3-davra uchrashuv tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Doniyor Begimqulov, publitsist, muharrir, Shuningdek „Shuhrat“ medali sohibi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, „Doʻstlik“ ordeni sohibi Shodmonqul Salomov va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, tarjimon To'xtamish To'xtayev taklif etilgan bo'lib, uchrashuv doirasida talabalar o‘rtasida “Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi borasida debat, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina tashkil etish va adiblar asarlari asosida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish, "Fotosessiya", Adiblar hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Film", Mushoira va sheriyatxonlik kechalari, talabalar turar joyida adiblar bilan "Gulxan atrofida suhbatlar" va bir qancha turli-tuman tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.