Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga

Toshkent kimyo-texnologiya institutida haq to‘lanadigan malaka amaliyoti uchun tanlovi boshlanganini e’lon qilamiz. 

Tanlovda qatnashish uchun bitiruvchi kurs talabalar 2025-yilning 11-fevral sanasidan boshlab 13-fevral sanasigacha arizlarni mutaxassislik kafedralariga kerakli hujjatlar bilan birga topshirishlari lozim. 

Tanlovda g‘olib bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotida ishtirok etadilar. 

Tanlov uchun talablar:

• talaba bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;

• talabaning ta’lim yo‘nalishi (yoki mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;

• tanlovda ishtirok etish uchun ariza (talabaning ma’lumotnoma-obyektivkasi va transkripti, talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi, amaliyotni o‘tash dasturi va tarmoq korxonasining taklif xati)

To‘liq ma’lumotlarni institutning Karyera markazidan olishingiz mumkin.