Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya Yevropa ittifoqining Avstriya va Slovakiya Respublikalariga jo'nab ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-128-son, 15.03.2024 y.) qarori ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng targ'ib qilish, "O'zbekistonning bebaho merosi" deb nomlangan tadbirlarni tashkil qilish hamda ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi institut delegatsiyasi 2024-yilning 8-15 dekabr kunlari Evropa Ittifoqining Avstriya va Slovakiya Respublikalariga xorijiy xizmat safariga yuborilmoqda.