Tyutorlik lavozimiga qoʻyiladigan talablar
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistr yoki ilmiy daraja va unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
- 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta boʻlmasligi;
- pedagogik va psixologik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, taʼlim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shugʻullangan, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 2 yildan kam boʻlmagan (2 yildan koʻp boʻlganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega boʻlishi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
- namunaviy shaxsiy fazilatlarga — intellekt, madaniyatli, ijodiy,xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlishi,masʼuliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega boʻlishi zarur.
Kerakli hujjatlar:
- diplom asl nusxasi;
- ma'lumotnoma.
Hujjatlar 28-avgust kuniga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limida qabul qilinadi.
Murojaat uchun +998712447924