Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida quyidagi 3 ta lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qilindi

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida quyidagi 3 ta lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e’lon qilindi:


✅ Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi: Ilmiy va innovatsion faoliyat hamda xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori menejeri


➡️ Vazifalari: Ilmiy loyihalar, grantlar, startaplar, xalqaro dasturlar va akademik mobillik masalalari bo‘yicha talabalar va xodimlarga xizmat ko‘rsatish.


✅ Xizmat ko‘rsatish (Front office) bo‘limi: Buxgalteriya va marketing bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sektori menejeri


➡️ Vazifalari: To‘lov-shartnomalar, stipendiyalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda HEMIS tizimi bilan bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtirish.


✅ Ma’lumotlar bazasi (Back office) bo‘limi: O‘quv jarayonini muvofiqlashtirish sektori menejeri


➡️ Vazifalari: O‘quv rejalarini shakllantirish, HEMIS platformasi orqali o‘quv jarayonlarini boshqarish va talabalar harakatini muvofiqlashtirish.


📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:


🔵Oliy ma’lumot

🔵Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish

🔵OTMda kamida 1 yillik ish tajribasi

🔵Mas’uliyatli, tashabbuskor va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish


📄 Tanlovda ishtirok etish tartibi va hujjatlar institut tomonidan belgilangan tartib asosida qabul qilinadi.


📍 Batafsil ma’lumotlarni institut Inson resurslari bo'limidan olishingiz mumkin


👉 Kasbiy faoliyatingizni nufuzli oliy ta’lim muassasasida davom ettirmoqchi bo‘lsangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!