Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent xalqaro yozgi maktab (O‘zbekiston)

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Toshkentda xalqaro yozgi maktab ochilganini e’lon qiladi.  Yozgi maktab turli mamlakatlardan kelgan talabalar, o'qituvchilar va tadqiqotchilar o'rtasida bilim va madaniy almashinuvni oshirishga qaratilgan.

“Toshkent: madaniyat, ta’lim va ma’rifat uyg'unligi" Birinchi xalqaro yozgi maktabi 2025-yil 15-iyun – 21-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ta’lim tili – o‘zbek, rus va ingliz tillar:

Dasturning maqsadi:

 Ta'lim maqsadlari:

  • Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif.
  • Institut olimlari va ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishish.
  • O‘zbekistonning zamonaviy ta’lim tizimi bilan tanishish
  • Madaniyatlararo muloqot va hamkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish
  • Toshkentning boy madaniy merosini o‘rganish
  • Madaniy va ma'rifiy maqsadlar:
  • O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyatini o‘rganish
  • Madaniy almashinuvni rivojlantirish
  •  O‘zbekiston tabiati va go‘zalligidan bahramand bo‘lish
  • Ijodiy muhit yaratish, butun dunyo bo'ylab do'stlar doirasini kengaytirish

Talablar:

- Dasturga kimyo, biologiya yoki unga yaqin yo‘nalishda tahsil olayotgan (bakalavr/magistratura) talabalar, kamida 1-kursni tamomlaganlar va 2025-yil maktab bitiruvchilai qatnashishi mumkin.

 - Mustaqil o‘rganish, qiziquvchanlik va tashabbuskorlik muhim.

- Darslar asosan o‘zbek tilida, ammo rus va ingliz tillaridagi materiallardan ham foydalaniladi. Shu sababli bu tillardan kamida birini yetarli darajada bilish lozim (sertifikat talab qilinmaydi).

 - Ishtirokchilar transport, yashash va oziq-ovqat xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar.

 - Qabul qilinganlar talabalik yoki bitiruv holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjat taqdim etishlari shart.

Yozgi maktabda maktab bitiruvchilari (MDH davlatlari va qo‘shni davlatlardan), xorijiy davlatlar va O‘zbekiston talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

  Ushbu maktab Toshkent shahrida joylashgan bo'lib, maktab bitiruvchilari, talabalar va o'qituvchilar uchun turli xil o'quv dasturlarini taklif etadi.

Foydali tomonlari:

-Amaliy ko‘nikmalar: TKTI ta’lim yo‘nalishlari va sohaning yetuk olimlari bilan tanishish, kimyo texnologiyalariga oid bazaviy laboratoriya ko‘nikmalarini egallash, imkoniyati yaratiladi.

-Mentorlik: Ishtirokchilar kimyogar olimlar bilan ishlash orqali ilmiy fikrlash, eksperiment rejalashtirish va tahlil qilishni o‘rganadilar.

-Jamoaviy ish: Kichik guruhlarda ishlash orqali talabalar hamkorlik, muammo yechimi va fikrni aniq ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. 

-Kelajakdagi imkoniyatlar: O‘zini yaxshi ko‘rsatgan ishtirokchilar ТКTIda ўқиш, soha olimlari bilan tadqiqotlarni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladilar.

-Boshqa jihatlar: Madaniyat va pikinik kechalari, shaxsiy rivojlanish (CV, motivasiya, prezentatsya tayyorlash) bo'yicha sessiyalar bepul o'tkaziladi; Bituuvchilarga sertifikatlar topshiriladi.

-Mashgʻulotlar 2025-yil 15-iyuldan 21-июль oralig'ida Toshkentda TKTI yozgi maktab markazida oʻtkaziladi.

-Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida qabul qilinadi. Arizalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.

Oxirgi muddat: 10.07.2025   18:00 gacha.

Ishtirok etish xarajati. Yozgi maktabda qatnashish uchun quyidagi to‘lov turlari taklif qilinadi (ishtirokchining arizasi qabul qilingandan keyin institutning bank hisob raqamiga to‘lanadi):

-       100$ (1260 000 o‘zbek so‘mi) 1 nafar ishtirokchi uchun (o'quv jarayoni, madaniy tadbirlar, kuniga ikki marta ovqatlanish (nonushta + kechki ovqat) va yotoqxonada yashashni o'z ichiga oladi);

-       50$ (630 000 o‘zbek so‘mi) (o‘quv jarayoni, madaniy tadbirlar va yotoqxonada yashash uchun) 1 nafar ishtirokchi uchun (o'quv jarayoni, madaniy tadbirlar va yotoqxonada yashashni o'z ichiga oladi).

Tadbirlar dasturini  (ilovada) topishingiz mumkin

Yozgi maktab tashkilotchilarining kontakt ma’lumotlari:  +998 71 244 74 26 (shahar tel)

+998 90 944 81 64 (mobil tel.) Tavaldiyeva Gulbahar Nishanovna  Email: g.tavaldieva@tkti.uz