Sana: 2025-yil 7-iyul
Vaqt: 09:30
Joy: Kimyoviy injiniring fakulteti Faollar zali
Tadbir doirasida:
Bitiruvchilarga ramziy diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi
Institutning eng faol va namunali talabalarini taqdirlash marosimi
“Karyera kuni” — ish beruvchilar bilan jonli muloqot va imkoniyatlar
Madaniy dastur, jonli ijro, ijodiy chiqishlar va fotosuratlar
Bu yakun emas — bu sizning katta hayotga dadil qadam qo‘yishingizdir!
Tadbir davomida esdalik foto va video lavhalar tayyorlanadi.
Bitiruvchilardan mantiyada kelish so‘raladi.
Tadbirga oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni ham chorlang
Ishtirok etmoqchi bo'lganlar fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qiling.
Sizni ushbu tarixiy va yorqin voqeada ishtirok etishga taklif qilamiz!
O‘z kelajagingiz sari ilk qadamni biz bilan birga qo‘ying!