Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tyutorlik lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

Tyutorlik lavozimiga qoʻyiladigan talablar  

oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistr yoki ilmiy daraja va unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);

25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta boʻlmasligi;

pedagogik va psixologik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, taʼlim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shugʻullangan, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 2 yildan kam boʻlmagan (2 yildan koʻp boʻlganlarga ustuvorlik beriladi) mehnat stajiga ega boʻlishi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;

namunaviy shaxsiy fazilatlarga — intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega boʻlishi, masʼuliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega boʻlishi zarur.

Kerakli hujjatlar:

- ma'lumotnoma (Obyektivka).

Hujjatlar 23-avgust kuniga qadar ushbu manzilda (https://t.me/Buriyev_Murodjon) onlayn qabul qilinadi.

Murojaat uchun +998712447924