Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga magistraturaga tavsiya etilgan hurmatli talabalar!

Avvalo sizlarni talabalik baxtiga erishganingiz bilan muborakbod etamiz. Xabaringiz bor talabalikka tavsiya etilgandan so'ng bir qator hujjatlar taqdim etiladi. Joriy yilning 2-sentabridan ushbu hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlanadi. Unga qadar quyidagi hujjatlarni tayyorlab qo'yish tavsiya etiladi:

Pasport nusxasi 3 ta (asli koʻrsatilgan holda); Diplom (ilovasi bilan birga) asli va nusxasi; Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi;

3,5x4,5 foto surat 8 ta;

Imtiyoz asosida magistraturaga tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;

Quyidagi ta'lim yo'nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hujjatlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Neft va gaz texnologiyalari” fakulteti binosiga (Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 36-uy (https://www.google.com/maps/place/41%C2%B019'20.8%22N+69%C2%B014'39.4%22E/@41.3224303,69.2416929,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.3224303!4d69.2442678?hl=ru&entry=tts&shorturl=1)) olib kelishlari so‘raladi:

Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

Kimyoviy texnologiya

Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi

Dorivor vositalar va preparatlar texnologiyasi

Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari

Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi

Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari

Sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari

Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari

Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari

Quyidagi ta'lim yo'nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hujjatlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Sanoat muhandisligi va menejmenti” fakulteti binosiga (Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza ko‘chasi 60-uy (https://www.google.com/maps/place/41%C2%B018'17.6%22N+69%C2%B012'53.0%22E/@41.3048315,69.2141353,18.77z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3048822!4d69.2147242?hl=ru&entry=tts&shorturl=1)) olib kelishlari so‘raladi:

Menejment

Loyiha boshqaruvi

Marketing

Quyidagi ta'lim yo'nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hujjatlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari” fakultetiga (Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 32-uy (https://www.google.com/maps/place/41%C2%B019'19.6%22N+69%C2%B014'46.8%22E/@41.3221153,69.2437435,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.3221153!4d69.2463184?hl=ru&entry=tts&shorturl=1)) olib kelishlari so‘raladi:

Atrof-muhit muhofazasi 

Maʼlumotlar ilmi (Data science) 

Biotexnologiya 

Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi 

Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 

Atrof-muhit muhandisligi 

Oziq-ovqat texnologiyasi 

Oziq-ovqat xavfsizligi 

Uzumchilik va vinochilik 

P/S: Ma'lumot uchun hujjatlar 2-sentabrdan boshlab 1 hafta davomida soat 09:00dan 17:00ga qadar qabul qilinadi(dam olish kunlari bundan mustasno)