Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Milliy qadiryatlar bo‘yicha eng yaxshi video roliklar tanlovi”ni e'lon qiladi.
Qo'lingizdagi smartfon yordamida “Milliy qadiryatlar bo‘yicha eng yaxshi video roliklar tanlovi”ga doir qisqa video-rolik suratga olib uni o'zingizning ijtimoiy tarmoqlaringizga joylang hamda instagram orqali https://www.instagram.com/tktiuz profilini facebook orqali https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy profilini "отметка" qilib heshtegiga #My_TICT va #Mening_institutim deb yozib qoldiring.
Tanlov shartlari:
1. Rolik 1 daqiqadan oshmasligi va O'zbek xalqining boy tarixi, urf-odatlari, an'analari, qadimiy kasb-hunarlari, mehmondo'stlik, hurmat-ehtirom, mehr-oqibat kabi milliy qadriyatlarni aks ettirishi kerak.
2. 80% kadrlarni o'zingiz suratga olgan bo'lishingiz kerak
3. Yuqorida aytilganidek institut rasmiy sahifalarini "отметка" qilib, heshteglar qo'yilishi kerak.
4. Roliklar Reels yoki YouTube formatida olinishi mumkin.
Videolar 2025-yil 18-aprel kuni soat 14:00ga qadar qabul qilinadi. Videolarni hamda sahifangizga joylangan havolangizni @TKTIMX profiliga yuboring!
Eng yaxshi video-rolik muallifi uchun maxsus sovg'amiz bor! Barchangizdan kreativ videolar kutib qolamiz.